Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi kuch qo‘llash ehtimolini istisno etmayapti
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining Chikago universiteti Siyosat institutida qilgan ma'ruzasida bildirishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi harbiy kuch qo‘llash imkoniyatini istisno etmayapti.
«Harbiy yechim istalgan vaziyatda istisno etilmaydi. Biz Suriya mojarosi markazida bo‘lishni xohlamaymiz, biroq odamlarni kimyoviy quroldan himoya etish uchun barcha narsani qilamiz», - deya Heylining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyani Suriyada tinch aholiga hujumlar uyushtirishda ayblagandi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026