AQŞ Moskva va Damaşqni Suriyaning Şarqiy Guta tumanida tinç aholi vakillariga uyuştirilgan hujum uçun mas'ul deb atadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida aytiladi.
«AQŞ Rossiya va Suriya prezidenti Başar Asadning Şarqiy Gutada tinç aholiga hujumini qat'iy qoralaydi», - deyiladi xabarda.
Şuningdek, Vaşington Rossiyani «keskinlikdan xoli hududlar böyiça majburiyatlarga amal qiliş va Suriyada tinç aholiga hujumni töxtatişga» çaqirdi.
Avvalroq, BMT boş kotibi vakili Stefan Dyujarrik Damaşq yaqinidagi Şarqiy Gutada oxirgi 2 kun içida 100dan köproq odam halok bölgani haqida xabarlar olinayotganini ma'lum qilgandi.












