Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati elektr energiyasi iste'molchilari endi murojaatlarini Telegram orqali yo‘llashlari mumkin
Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, soha faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalarni o‘rganish maqsadida “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xalq bilan muloqot qilish osonlashtirildi.
Endi Namangan viloyatining elektr energiyasi iste'molchilari o‘zlarining murojaatlarini Telegram tarmog‘i orqali “Namangan HETK” AJ “Xalq bilan muloqot” kanaliga yo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Yo‘llangan murojaatlar shaxsan jamiyat Bosh direktori nazoratida o‘rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi.
Kanalga murojaat yuborish @namhetk orqali amalga oshirilishi mumkin.
Kanalga kelib tushgan murojaatlarni elektron murojaatlar tarzida qayd etilib, soat 08:00 dan soat 21:00 gacha quyidagi reglament va tartib asosida qabul qilinadi: jismoniy shaxslarning murojaatida – jismoniy shaxsning familiyasi (ismi va otasining ismi), telefon raqami va yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan bo‘lishi shart; Yuridik shaxslarning murojaatida – yuridik shaxsning to‘liq nomi, bog‘lanish uchun kerak bo‘ladigan telefon raqami, uning joylashgan manzili to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ushbu tartib asosida yuborilmagan murojaatlar amaldagi tartiblarga binoan ko‘rib chiqilmasligi ma'lum qilinadi.
Murojaatlarni o‘rganishda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qat'iy rioya etiladi hamda o‘rnatilgan tartibda o‘z muddatida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
21:25 / 17.01.2026
Energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi
15:27 / 17.01.2026
Roskomnadzor Telegram’ni qisman bloklamoqda
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
11:53 / 09.01.2026