Jahon | 14:35 / 02.03.2018
12887
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh gipertovushli qurolni sinovdan o‘tkazadi

Foto: Wikipedia

AQSh Mudofaa vazirligi gipertovushli texnologiyalar sohasida ish olib bormoqda. Bu haqda Istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi (DARPA) rahbari Stiven Uoker aytib o‘tdi.

«Biz Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan raqobat qilayotganimizni yaxshi tushunib turibmiz», - deya uning so‘zlarini keltiradi Pentagon matbuot xizmati.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, gipertovushli qurolni ishlab chiqish bilan uning boshqarmasi, harbiy-havo kuchlari, NASA, quruqlikdagi kuchlar va harbiy-dengiz kuchlari shug‘ullanmoqda.

Uokerning aytishicha, bu vazifa ustuvor ahamiyatga ega, vazirlik esa kuzdayoq shu sohada tadqiqotlar uchun byudjyetni oshirish borasida murojaat bilan chiqqan.

Bunday turdagi qurolni 2019 yilda sinovdan o‘tkazishni boshlash rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid