Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1000 dan ko‘proq kompaniya import tovarlarning ilk ko‘rgazmasida ishtirok etish istagini bildirdi
Shanxayda joriy noyabrda o‘tadigan ilk import tovarlar xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga dunyoning 120 ta davlatidan mingdan ko‘proq kompaniya ariza berdi. Bunday ma'lumotni ko‘rgazmaning tashkiliy qo‘mitasi o‘z saytida keltirib o‘tdi.
Ko‘rgazmada o‘z mahsulotlarini taqdim qilish istagini bildirayotgan 100 ga yaqin kompaniya dunyoning eng yirik 500 ta kompaniyasi qatoriga kiradi. Ayni vaqtda 50 ta davlatdan 200 ga yaqin kompaniya o‘z ekspozitsiyalarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvlarni imzolagan. Eng ko‘p ishtirokchilar Osiyo, Yevropa va Amerikadan qayd qilingan.
Xitoy hukumatining import tovarlar ko‘rgazmasini o‘tkazish rejasi haqida ilk bor 2017 yil mayida Xitoy raisi Si Tszinpin “Bir kamar, bir yo‘l” sammitida ma'lum qilgan. Ko‘rgazma 5-10 noyabr kunlari Shanxaydagi Milliy ko‘rgazma kongress-markazida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma ishtirokchilari nafaqat o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim qiladilar, balki ko‘p sonli forumlar, taqdimotlar va muzokaralarda ishtirok etadilar.
Mavzuga oid
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
18:13 / 06.06.2025
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi
11:05 / 29.05.2025