07:49 / 03.03.2018
4092

AQSh Venesuelaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Foto: AP Photo / Fernando Llano

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Prezidentning qarori bilan Venesuelaga qarshi favqulodda vaziyat tartibi va sanksiyalar kiritilishi haqidagi avval imzolangan farmonlar amal qilishi uzaytiriladi. “RIA Novosti” axborot agentligi ixtiyoriga tushgan hujjatda aytilishicha, “Venesuelada vaziyat yaxshilanmagani sabab va u AQShning milliy xavfsizligi hamda tashqi siyosatiga jiddiy xavf tug‘dirishda davom etayotgani sababli” Tramp 2015 yil martda kiritilgan sanksiyalar amal qilishini yana bir yilga uzaytirishga qaror qilgan.

AQSh Venesuela hukumatini inson huquqlari buzilishi, OAV erkinligi cheklanishi va siyosiy muxoliflar tahqirlanishida ayblab, tanqid qilib keladi. 

Top