Jahon | 21:54 / 03.03.2018
5144
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston yadroviy qurol taqiqlanishi haqidagi kelishuvni imzoladi 

Foto: 24.kz

Qozog‘iston BMT tomonidan 2017 yil iyulda qabul qilingan yadroviy qurol taqiqlanishi haqidagi kelishuvni imzoladi. 

Kelishuv Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov tomonidan imzolangan.

“Qozog‘iston kelishuv matnini ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etdi. Bu kelishuv yadroviy qurolsizlantirish tarixida ilk huquqiy majburiy hujjat bo‘ldi. Uning asosiy qoidalari dunyoda yadroviy qurolga ega bo‘lgan 4-raqamli davlatdan yadroviy qurolsizlantirish va tarqatmaslik sohasida yetakchi davlatgacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tgan Qozog‘istonning prinsipial pozitsiyasiga to‘g‘ri keladi”, deb aytilgan Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligida. 

Kelishuv 2017 yil 7 iyulda BMTga a'zo 122 ta davlat qo‘llab-quvvatlovida qabul qilingan. Bugungi kungacha kelishuvni 56 ta davlat imzolagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid