Oskar-2018: Aktyorlar AQShda qurol sotilishiga qarshi ko‘krak nishonlari taqib olishmoqchi
2018 yilgi “Oskar” mukofotlari taqdimotida ba'zi aktyorlar AQShda qurolning erkin sotilishiga qarshi norozilik sifatida ko‘krak nishonlari taqib olishmoqchi. Bu haqda People nashri xabar bermoqda.
Ko‘krak nishonlarida zarg‘aldoq rangdagi AQSh bayrog‘i tasvirlangan bo‘lib, ular 17 kishi otib tashlangan Floridadagi maktab o‘quvchilari tashkil etgan tashabbus guruhi – Everytown for Gun Safety saytida sotilgan. Nishonlar 5 dollardan sotilgan.
Shunga o‘xshash aksiya “Oltin globus” va BAFTA taqdimotlarida o‘tgandi. Ushbu marosimlarda yulduzlar jinsiy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar bilan birdam ekanliklari sifatida qora kiyim kiyishgan va “Vaqt keldi” yozuvi bo‘lgan ko‘krak nishoni taqib olishgan.
“Oskar” mukofotlari topshirilishi marosimi Toshkent vaqti bilan 5 mart soat 6.00da boshlanadi.
Mavzuga oid
11:13 / 12.03.2024
«Bu film bo‘lmasligini istardim» - Mariupol haqidagi hujjatli film «Oskar» oldi
08:38 / 11.03.2024
«Oskar-2024»: «Oppenhaymer» eng yaxshi film deb topildi
07:04 / 22.12.2023
«Mariupolda 20 kun» filmi «Oskar» short-listiga kiritildi
10:00 / 23.09.2023