Jahon | 09:54 / 05.03.2018
5027
2 daqiqa o‘qiladi

Irqchi siyosatchi irqchiligini rad etdi

Foto: AFP Photo/GIANLUIGI GUERCIA

Janubiy Afrika respublikasining «Iqtisodiy erkinlik uchun kurashchilar» (EFF) so‘l radikal partiyasi yetakchisi Julius Malema o‘zining prezidentlik kampaniyasi boshlangani haqida bayonot berar ekan, unga qo‘yilayotgan mamlakatning oq tanli aholisiga nisbatan irqchilik va ularni kamsitish kabi ayblovlarga o‘z munosabatini bildirdi. 

AFP agentligining xabariga ko‘ra, Malema u va uning tarafdorlari hamda hamkasblarida mamlakatning oq tanli aholisiga nisbatan hech qanday adovat yo‘q. Shu bilan birga Malemaning ta'kidlashicha, u va uning tarafdorlari qora tanli fuqarolar ehtiyojlari borasida ham qayg‘urishadi. 

«Biz oq tanli insonlarni yomon ko‘rmaymiz, biz shunchaki qora tanlilarni yaxshi ko‘ramiz», — degan Malema. 

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, uni oq tanlilarning fikri qiziqtirmaydi. 

«DA («Demokratik alyans») uchun ovoz beruvchi barcha oq tanlilar, hammangiz jahannamga tushavering, bizni bu narsa tashvishga solmaydi. Biz oq tanlilar hissiyotlari bilan hisoblashmaymiz», — degan radikal siyosatchi.

Avvalroq, JAR parlamenti oq tanli fermerlardan tovon puli bermasdan yerlarini olib qo‘yish bo‘yicha qonunni qabul qilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid