Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident jizzaxlik fermer ayolga avtomashina sovg‘a qildi
Samarali va fidokorona mehnati uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezident sovg‘asi – Nexia-3 avtomashinasi bilan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Musurmon ota” fermer xo‘jaligi raisi Subiniso Boymatova taqdirlandi.

Asli kasbi o‘qituvchi bo‘lgan Subiniso Boymatova ko‘p yillar maktabda tarix-huquq fanidan dars berdi. 1998 yildan boshlab Subiniso opa farzandlarini yoniga olib paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etdi.

Ayni paytda 93 gektar yerda dehqonchilik qilib, har yili davlatga g‘alla, paxta sotish shartnoma rejasini oshirib bajarmoqda.
– Prezidentimiz tomonidan shunday yuksak e'tibordan boshim ko‘kka yetdi. Mamlakatimizda ayollarga berilayotgan imkoniyatlar, albatta, yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat natijasidir, - deydi Subiniso opa.

Mavzuga oid
17:50 / 03.02.2026
Yangi Jizzax shahri quriladi
20:38 / 30.01.2026
Jizzaxda turizm majmualari tashkil etiladi, Arnasoy aeroporti kengaytiriladi
14:01 / 24.01.2026
110 ta fermer bankrot bo‘lsa, bu tizimning muammosi – faollar
20:49 / 19.01.2026