Jahon | 13:40 / 09.03.2018
6254
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Kim Chen Inning uchrashuv joyi hamda sanasi keyinroq belgilanadi 

Foto: Flickr

AQSh prezidenti Donald Trampning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi joyi hamda sanasi keyinroq belgilanadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders xabar bergan.

"Prezident Tramp Kim Chen In bilan uchrashish haqidagi taklifni qabul qildi. Uchrashuv keyinroq aniqlanadigan joy va sanada bo‘lib o‘tadi", - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Sandersning so‘zlariga ko‘ra, AQSh “Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda”. "Shu bilan birga, barcha sanksiyalar o‘z kuchida qoladi va biz bundan keyin ham Pxenyanga maksimal bosim o‘tkazamiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampga uchrashuv o‘tkazish taklifini yo‘llagani xabar berilgandi. Tramp Kim Chen Inning may oyigacha uchrashish taklifiga rozilik bergan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon Tramp bilan muzokaralardan keyin ma'lum qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid