Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aviareyslar to‘liq tiklanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston va Tojikiston tez orada temir yo‘l, avtomobil va havo yo‘llari qatnovlarining to‘liq tiklanishi bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi borasida kelishuvga erishishdi. Shu bilan birga, tranzit tashuvlar tariflarini pasaytirish ham ko‘zda tutilmoqda, deya ma'lum qilgan jurnalistlarga Imomali Rahmon.
1992 yilda Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganidan so‘ng O‘zbekiston ikki mamlakat o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovlarini yopgandi, faqat tranzit qatnovlarga ruxsat berilgandi. 2011 yilda O‘zbekiston barcha poyezdlar qatnovini to‘xtatdi. 2012 yilning bahorida O‘zbekiston Tojikistonning Xatlon viloyati yo‘nalishidagi temir yo‘llarini ta'mirlashga kirishdi. Rahmon mazkur temir yo‘l uchastkasi faoliyati qayta tiklanishi muhimligini ta'kidladi.
"Bugun biz mazkur uchastka ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘yamiz. Biz chegara bo‘yicha deyarli barcha hal qilinmagan masalalarni muvofiqlashtirdik", - dedi Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonot berar ekan. Ushbu temir yo‘l orqali Xatlon viloyati korxonalarida ishlab chiqariluvchi mahsulotlar tashiladi.
Tranzit yuklar tariflarining pasayishi ikki mamlakat o‘rtasida temir yo‘l orqali yuk tashish hajmining oshishi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu temir yo‘l tarmog‘ining ishga tushishi sharofati bilan Kulob-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026