O‘zbekiston | 14:25 / 10.03.2018
8707
2 daqiqa o‘qiladi

Qator davlat mulki obektlari ommaviy savdolar orqali sotiladi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obektlari haqida ma'lumot berdi.

Xususan, Andijon viloyati Baliqchi tumani, Bo‘ston QFYda joylashgan, tuman xalq ta'limi bo‘limi balansida bo‘lgan 25-maktabgacha ta'lim muassasasi 403,8 mln so‘mga sotuvga qo‘yiladi. Shahrixon tumani, Abdubiy QFY, Abdubiy MFYda joylashgan, Shahrixon tuman xalq ta'limi bo‘limi balansida bo‘lgan foydalanilmayotgan 22-maktabgacha ta'lim muassasasi filial binosi 211,1 mln so‘m evaziga sotiladi. Andijon shahri, J.Manguberdi ko‘chasi, 89-uyda joylashgan, Asaka reabilitatsiya kasalxonasi balansida bo‘lgan Asaka reabilitatsiya kasalxonasi ham sotilmoqda, biroq uning aniq narxi ko‘rsatilmagan. 

Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasida joylashgan, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi balansida bo‘lgan Sobiq bolalar va o‘smirlar sport maktabi bino va inshootlari 684,4 mln so‘mga sotiladi. 

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Nuriston qo‘rg‘onida joylashgan, «Tolimarjon Issiqlik Elektr Stantsiyasi» UK balansida bo‘lgan BSU-75 beton zvodi mulkiy majmua sifatida 1 082,7 mln so‘mga, Nishon tumani Nuriston qo‘rg‘onida joylashgan, «Tolimarjon Issiqlik Elektr Stantsiyasi» UK balansida saqlangan azot-kislorod stansiyasi bino va inshootlari 1 272,6 mln so‘mga, Qashqadaryo viloyat Shahrisabz tuman Katta Novkat qishlog‘ida joylashgan, 2-sonli viloyat ko‘z kasalliklar shifoxonasi balansida bo‘lgan 2-sonli viloyat ko‘z kasalliklar shifoxonasi 8 730,1 so‘mga sotilmoqda.

Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obektlari haqida to‘liq ma'lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid