Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning yangi quroliga mos javob topadi – MRB
AQSh Rossiyaning yangi qurolidan himoya topa oladi, deb aytdi Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Mayk Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Pompeo Vladimir Putinning parlamentga murojaatiga izoh berar ekan, MRBni Putinning nutqida biror narsa ajablantirmaganini aytdi. Putin o‘z murojaatida Rossiyaning yangi qurollari haqida gapirib o‘tgandi.
“Biz buning ortidan mudofaa vazirligidagi hamkasblarimiz kabi sinchkovlik bilan kuzatmoqdamiz. Amerikaliklar Rossiyaning qurol-aslaha sohasidagi dasturlarini yaxshi tushunishimizga ishonchlari komil bo‘lishi mumkin”, deb aytgan MRB rahbari.
Pompeoning aytishicha, Rossiya yoki Xitoyning qurollanish tizimlari takomillashtirilsa, AQShdan bunga mos javob bo‘lishini ta'minlash talab etiladi.