Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada parlament saylovlari yakunlandi
11 mart kuni Kubada xalq hokimiyati milliy assambleyasiga (parlament) saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Telesur kanalining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda saylov byulletenlari hisob-kitob qilinmoqda. Oxirgi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ovoz berishda ro‘yxatga olingan 8 mln dan ko‘proq odamdan 68 foizdan ko‘prog‘i ishtirok etgan. Shuningdek, kubaliklar mamlakat viloyatlari parlamentlariga deputatlarni saylashgan.
Ushbu saylovlar shunisi bilan muhimki, aynan parlament 19 aprelda birinchi majlisida Kuba davlat kengashi a'zolarini saylaydi, ular esa o‘z navbatida Kuba rahbarini saylashadi. Hozirda Kuba davlat kengashi va Kuba vazirlar kengashi rahbari lavozimlarini 86 yoshli Raul Kastro egallamoqda, biroq u aprelda bu lavozimlarni tark etishini aytgan.
Mutaxassislar fikricha, Kubaning yangi rahbari lavozimiga Kastroning birinchi o‘rinbosari, 57 yoshli Migel Dias-Kanel asosiy da'vogar hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:01 / 07.07.2026
Kubada yana umummilliy elektr uzilishi yuz berdi
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
10:10 / 12.06.2026