Jamiyat | 15:14 / 13.03.2018
18899
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda 20 yoshli yigitlar ishtirokida pichoqbozlik yuz berdi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
 
Qayd etilishicha, 10 mart kuni soat 17.00larda Bandi-eshon ko‘chasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan  T.M. uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, 1998 yilda tug‘ilgan M.A.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilgan. T.M. qo‘lga olingan.

Mavzuga oid