Jahon | 12:40 / 13.03.2018
7573
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada avtobus ishtirokida YTH, 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Turkiya shimolidagi Cho‘rum viloyatida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘n kishi halok bo‘ldi va yana 18 kishi jabrlandi. Bu haqda Daily Sabah xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, avariya ertalabki soat oltida ro‘y bergan. Istanbuldan yo‘l chiqqan, ichida 26 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus to‘xtab turgan tirkamaga kelib urilgan, bu yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. 

Ayni damda voqea joyida tezkor xizmatlar ish olib bormoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid