Jahon | 07:37 / 16.03.2018
15796
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada Saudiya Arabistoni qiroli qizini hibsga olishga ruxsat berildi – OAV 

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Fransiya sudi Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning qizi, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning opasini santexnikka nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash gumoni bilan hibsga olishga order berdi. Bu haqda Point nashri xabar bermoqda. 

Shikoyatga ko‘ra, 42 yoshli malika Hassa bint Salmon o‘z tansoqchilariga 2016 yil sentabrda malikaning Parijdagi kvartirasida ta'mirlash ishlari olib borgan santexnikni kaltaklashga buyruq bergan. Ma'lum qilinishicha, malika santexnikni OAVga uning kvartirasi intereri fotosuratlarini sotishda gumon qilgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, malikani hibsga olishga order dekabr oxirida berilgan. 

Parisien nashrining ta'kidlashicha, ushbu voqea haqida shahzoda Muhammad bin Salmonning aprelda bo‘lishi kutilayotgan Fransiyaga tashrifi arafasida ma'lum bo‘ldi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid