Jahon | 10:40 / 19.03.2018
4110
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorda yirik YTH, 11 kishi halok bo‘ldi va 56 inson jabrlandi

Foto: AFP

Ekvadorda yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va yana 56 inson jarohatlandi. Qayd etilishicha, ikki avtobus to‘qnashib ketgan. Avtohalokat 18 mart kuni mamlakat janubi-g‘arbidagi Guayas provinsiyasida yuz bergan.

Xabar qilinishicha, barcha jarohatlanganlar shifoxonaga olib ketildi. Xuxan-Tres-Postes shossesi bo‘ylab transport harakati bir necha soatga to‘xtab qolgan. 

Politsiya ro‘y bergan voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda, deb xabar beradi TASS.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid