00:10 / 22.03.2018
5041

Kongressmenlarni sotib olishga urinishda gumonlangan Peru prezidenti iste'fo berdi

Foto: Guadalupe Pardo/Reuters

Peru prezidenti Pedro Pablo Kuchinski Kongressga iste'fo bo‘yicha iltimosnoma kiritdi. Bu haqda Reuters hukumatdagi manbalariga tayanib xabar tarqatdi.

Kuchinski kongressmenlarning ovozlarini sotib olishi bilan bog‘liq mojaro tufayli iste'foga ketmoqda.

Bungacha Uoll-stritda bankir bo‘lib ishlagan 79 yoshli prezident 21 mart iste'fo berib bo‘lgani ham aytilmoqda.

Qayd etish kerakki, Kuchinski aprel oyiga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv belgilagandi.

Kuchinski Braziliyaning Odebrecht nomli qurilish kompaniyasi bilan bog‘liq korruptsion mojaroga aralashgani ma'lum bo‘lgach, Peru kongressi prezident impichmenti bo‘yicha jarayon boshladi.

Peruda siyosiy inqiroz Kuchinskiga qarshi kompromatlar matbuotda e'lon qilinishi ortidan jiddiylashdi. 20 mart kuni muxolif kuchlar tomonidan e'lon qilingan materialga ko‘ra, prezident tarafdorlari bo‘lgan parlamentariylar boshqa hamkasblarini impichmentga qarshi ovoz berishga undagan. Buning evaziga turli shakllarda pora taklif etilgan. 

Top