Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentni hibsga olishga order berdi
Foto: Li Myong-Bak / Agence France-Press
Seul sudi hokimiyat vakolatini suiiste'mol qilganlik va poraxo‘rlikda ayblanayotgan mamlakat sobiq prezidenti Li Myong-Bakni hibsga olish uchun order bergan. Bu haqda TASS o‘z vakolaatxonasiga suddan kelib tushgan xabarnomaga asoslanib, xabar bermoqda.
«Seul markaziy sudi prokuraturaning Li Myong-Bakni hibsga olish uchun order berish haqidagi so‘rovini qo‘llab-quvvatlash haqida qaror qabul qildi», — deyiladi xabarnomada.
2008 yildan 2013 yilgacha hokimiyat tepasida bo‘lgan sobiq prezidentga nisbatan 20ta punktdan iborat ayblovlar ilgari surilgan. Ularning orasida pora olish, mablag‘larni o‘zlashtirish va hokimiyat vakolatini suiiste'mol qilish kabi bandlar bor. Xususan, u Milliy razvedka xizmatining (MRX) hisobot bermaydigan maxfiy jamg‘armalaridan 10,3 million AQSh dollari, shuningdek, xususiy shaxslar va Samsung singari yirik korporatsiyalardan yirik miqdordagi pullarni olishda ayblanadi.
15 mart kuni bo‘lib o‘tgan tergov chog‘ida Li Myong-Bak MRB vakillaridan 100 ming dollar olganini bo‘yniga olgan, biroq u bu pullarni nimalarga sarflaganini aytishdan bosh tortgan. O‘ziga nisbatan qo‘yilayotgan boshqa ayblovlarni rad etgan va ularni siyosiy jihatdan asoslanmagan ayblovlar, deb atagan.
Xususan, Li o‘zining ukasiga tegishli DAS avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan bog‘liq mojarolarga aloqador emasligini bayon etgan. Tergovchilar ushbu kompaniyaning haqiqiy egasi Li Myong-Bak bo‘lgan va firmaga yuridik xizmat ko‘rsatish uchun davlat resurslarini ishlatgan, shuningdek, noqonuniy yo‘l bilan 30 million dollarni qo‘lga kiritishda ushbu korxonadan foydalangan, degan gumonda.
Li Myong-Bak jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan Janubiy Koreyaning beshinchi sobiq prezidenti bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025