O‘zbekiston | 13:30 / 23.03.2018
5235
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston O‘zbekiston bilan ikki tomonlama soliqqa tortishni bekor qiladi

Foto: Illyustrativ foto

Armaniston O‘zbekiston bilan ikki tomonlama soliqqa tortishni bekor qilish bo‘yicha ishni deyarli yakunladi. Bu haqda Armaniston moliya vaziri Vardan Aramyan ma'lum qildi.

Vardan Aramyanning ta'kidlashicha, O‘zbekiston bilan bitimni ratifikatsiya qilish jarayoni deyarli yakuniga yetdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitimlarning asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan takroriy soliqqa tortishdan qochish sanaladi.

Uning fikriga ko‘ra, bu ularning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan to‘siqlarni bartaraf etishga, shuningdek, halol soliq to‘lovchilar uchun ijobiy va prognoz qilinadigan soliq maydonini yaratishga imkon beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid