Jahon | 10:13 / 23.03.2018
2798
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada ko‘chmas mulkni sotib olishda El Petro’dan foydalanishga ruxsat berildi

Foto: Getty Images

Venesuela hukumati El Petro kriptovalyutasidan mamlakatda ko‘chmas mulkni xarid qilish va sotish bo‘yicha bitimlarda foydalanishni ma'qulladi. 

Bu haqda Noticia al Dia Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning bayonotiga asosan xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tegishli amaliyotlarni 20 apreldan boshlab o‘tkazish mumkin.

Avvalroq Maduro El Petro kriptovalyutasini xarid qilish dunyodagi eng yaxshi investitsiya ekanini ta'kidlab o‘tgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid