Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini hukumat ta'minlaydi
Foto: Norma.uz
«Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.
Ma'lumot uchun: qonun loyihasi ishlab chiqilishi Prezidentning 16.01.2018 yildagi «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5303-son Farmoni bilan nazarda tutilgan.
Taqdim etilgan qonun loyihasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi ushbu sohada qanday vakolatlar va javobgarlikka egaligi ko‘rsatib o‘tiladi.
Birinchidan, Vazirlar Mahkamasi fuqarolarning oziq-ovqat bilan to‘laqonli ta'minlanish huquqlarini kafolatlaydi va davlatning oziq-ovqat xavfsizligini, shu jumladan:
• mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarining zarur darajada ishlab chiqarilishini;
• ichki va tashqi salbiy omillar ta'siridan qat'i nazar, davlat oziq-ovqat zaxirasi mavjud bo‘lishi, yangilanishi va to‘ldirilishini;
• davlatda ishlab chiqariladigan va fuqarolarga sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining davlat standartlari tizimi talablariga muvofiqligini ta'minlaydi.
Ikkinchidan, loyiha bilan respublikaning oziq-ovqat mustaqilligini ta'minlash uchun javobgarlik Hukumat zimmasiga yuklatilgan. Bir yilda mamlakatda ishlab chiqarilgan hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi ovqatlanishning fiziologik me'yorlariga muvofiq aholi yillik ehtiyojining kamida 80%ini tashkil etganda, u ta'minlangan deb hisoblanadi. Ya'ni tarkibi va hajmlari bo‘yicha aholi oziq-ovqat ratsionining asosini tashkil etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari importining ulushi 20%dan oshmasligi kerak.
Uchinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati sohasidagi tegishli nazorat funksiyalari ham nazarda tutilmoqda.

Bunda umuman mamlakat bo‘yicha va mintaqalar kesimida oziq-ovqatning zaruriy va haqiqatda ishlab chiqarish darajalari muvozanatiga asoslanib, oziq-ovqat bozori ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi uni ham har yili tuzadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:23 / 10.01.2026
Hududlar reytingi: oziq-ovqat ishlab chiqarishda Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
16:52 / 02.01.2026
Ertangi kun texnologiyasi – bugun. Super zamonaviy 5-avlod issiqxonasiga sayohat
15:20 / 27.12.2025
Eksportga mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga salomatlik sertifikati beriladi
08:55 / 27.12.2025