Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: O‘zbekistonda qoraytirilgan oynali avtomashinada yurishga ruxsat etildimi?
So‘nggi paytlarda Toshkent ko‘chalarida oynalari qoraytirilgan avomobillar tez-tez ko‘zga chalinmoqda. Bu holatni ko‘rgan hamshaharlarimizda «qoraytirilgan oynali ulovda harakatlanii mumkin bo‘ldimi?» degan savol tug‘ilmoqda.
YHHB xodimlarining O‘zAga bergan ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 126-moddasida qoraytirilgan oynali avtomobilda harakatlanish taqiqlangani ko‘rsatilgan. Shuningdek, qoidani buzgan haydovchiga nisbatan transport vositasi vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga evakuatsiya qilinadi. Qoidani buzish eng kam ish haqining 1 barobari bilan jazolanadi. Agarda vaziyat yana takrorlansa, jarima eng kam ish haqining 2 barobarida belgilanadi. Ushbu qoida O‘zbekiston hududida harakatlanuvchi barcha avtomobil egalari uchun taalluqli. Joriy yilda mazkur qoidani buzish holatlari sodir etilgan.
«Qo‘shni davlatdan o‘z mashinasida tashrif buyurgan sayyohlar ham mazkur qoidaga amal qilishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi chegarasida mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy avtomashina egasiga ushbu qoidalar birinchi galda ogohlantiriladi va tushuntiriladi. Agar qoida buzilgan taqdirda haydovchiga nisbatan tegishli chora ko‘riladi», deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududidagi elchixonalarga tegishli ulovlar mazkur qoida bilan cheklanmagan.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
10:24 / 24.05.2026