Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yirik yong‘in yuz berdi
26 mart tungi soat taxminan 2:09da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan kafelarda yong‘in chiqqani aniqlandi.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, yong‘in haqida ma'lumot soat 2:09da berilgan va tezkor guruh voqea joyiga soat 02:19da yetib borgan. 12 daqiqa ichida esa yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida ushbu joyda 80 kv.m maydon yonib ketgan. Yong‘in «Chopar» kafesi filialida yuz berdi, olov qo‘shni binoda joylashgan «Les Ailes» kafesiga ham o‘tgan.
Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda, ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu yong‘in natijasida hech kim jarohat olmagan.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 18.06.2026