Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR va Janubiy Koreya sammitdan avvalgi muzokaralarni boshladi
Shimoliy Koreya va Koreya Respublikasining yuqori mansabli rasmiy shaxslari demilitatsiya hududining KXDR tomonidagi «Txonilgak» binosida muzokaralar boshladi. Bu haqda «Renxap» xabar bermoqda.
KXDR delegatsiyasi uch kishidan iborat bo‘lib, unga tinch birlashuv bo‘yicha qo‘mita raisi Li Son Gvon rahbarlik qilmoqda. Janubiy Koreya delegatsiyasiga esa Koreya Respublikasining milliy birlashuv ishlari bo‘yicha vaziri Cho Men Gyun rahbar etib tayinlangan.
Kutilishicha, uchrashuvda davlatlar o‘rtasidagi sammitning aniq muddati muhokama qilinadi: ma'lumotlarga ko‘ra, uni aprel oyi oxirida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, rasmiy shaxslar sammitning muhim mavzulari yuzasidan fikr almashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In beshta davlat yetakchisi bilan uchrashmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
13:32 / 14.05.2026