Jahon | 21:07 / 30.03.2018
3380
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada sayyohlarga cho‘kib ketgan kemalar namoyish qilish rejalashtirilmoqda 

Foto: Depositphotos / agiampiccolo

Turkiya dayvingga bag‘ishlangan sayyohlik loyihasi orqali har yili 200 mln dollar daromad olmoqchi. 

Marmar dengizidagi Yassiada orolini bu loyihani amalga oshirishning asosiy joyi qilish mo‘ljallanmoqda. 

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, orol yaqinida 25 taga yaqin kema, jumladan 4-16-asrlarga mansub qadimiy kemalar cho‘kib ketgan. Ular orasida 1993 yilda cho‘kib ketgan xorvat kemasi ham bor. 1979 yildan orol qo‘riqlanadi va unga maxsus ruxsat bilangina tashrif buyurish mumkin.

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi bu yerda suv osti madaniyati muzeyini tashkil etishga qaror qilgan. Unda 2, 4 va 16-asrlarda cho‘kib ketgan 3-4 ta kemaning qoldiqlarini namoyish qilish rejalashtirilgan. 

Ta'kidlanishicha, loyihaning taqdiri rasmiy darajada yaqin oylarda hal qilinadi va u ma'qullansa, yarim yil ichida amalga oshiriladi. 

Taxmin qilinishicha, dastlabki 2 yil ichida suv osti muzeyiga 400 mingdan ko‘proq odam keladi, loyihadan har yili 200 mln dollar daromad olinadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid