07:57 / 31.03.2018
20044

Londonda ikkita universitetga qabul qilingan qoraqalpoq qizi kelajakda O‘zbekistonga qaytish niyatida

Qoraqalpog‘istonlik Biybinaz Joldasbayeva Londonda tahsil oladi. Kruz nashri u bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘landi hamda yosh talaba bilan suhbat uyushtirdi.

Foto: Kruz.uz

- Londonda o‘qishga kirishingiz tarixi haqida aytib o‘tsangiz

- 2011 yil Toshkent Davlat Yuridik Universitetiga o‘qishga grant asosida qabul qilinganman. O‘qish paytida IELTS sertifikatini olish maqsadida, individual darslarga borganman va Buyuk Britaniyaga borib magistr diplomini olishni orzu qilganman. 2015 yil Toshkent Davlat Yuridik Universitetini tugatib, Toshkentda advokatlik firmasida, keyinroq «Asklepiy» farmatsevt kompaniyasida yurist bo‘lib ishlaganman. Men uchun magistraturada o‘qish uchun ish tajribam ko‘p bo‘lishi zarur edi, chunki chet el davlatlarida magistraturada ko‘p yillik tajribaga ega talabalar o‘qishi haqida ko‘p o‘qib, eshitganman.

Foto: Kruz.uz

2017 yili may oyida IELTS topshirib, Law universitetlarni qidirishni boshladim. Men uchun Londonda o‘qish bolalikdagi orzum bo‘lgani uchun, BPP Law University hamda The University of Law’ga hujjatlarimni topshirganman. Ikki universitet ham qabul qilgach, men BPP universitetini tanlashga qaror qilganman, chunki LLM International Business Law fakulteti ko‘proq qiziqtirgan edi.

Foto: Kruz.uz

- U yerni bitirgandan keyin qanday rejalar bor?

- Magistr diplomini olgach, O‘zbekistonga qaytib, xalqaro tashkilotlarning birida yurist bo‘lib ishlash maqsadim bor. Hozirda o‘qish paytida, London shahrining Sterling Lawers yuridik firmasida amaliyot o‘tayapman. Ko‘proq xalqaro amaliyotini o‘rganib, O‘zbekistonda shu olayotgan bilimlarimni qo‘llash niyatim bor.

Mavzuga oid
Top