Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi 100 mingdan ziyod rohingya ko‘chirilmoqda
Bangladesh mussonlar mavsumi yaqinlashayotgani bois halokatli ko‘chkilar va suv toshqinlari ehtimolidan xavfsirab, 100 mingdan ortiq rohingyani xavfsiz masofalarga ko‘chirmoqda. DailySabah Bangladesh rasmiylari ma'lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
BMTda Bangladesh janubi-sharqidagi 150 ming qochqin joylashgan lagerlar hududi yomg‘irlar mavsumida kasalliklar va fojialarga favqulodda moyil ekani ta'kidlanmoqda.
Avgust oyidan beri Koksa Bazar hududini 700 ming qochqin kesib o‘tgan.
Bangladeshdagi qochqinlar ishlari bo‘yicha komissar Muhammad Abul Qalamning aytishicha, iyun oyigacha suv toshqinlari va ko‘chkilarga eng ko‘p moyil joylardagi 100 mingdan ziyod qochqin boshqa joylarga ko‘chirilgan.
"Biz 100 mingdan ortiq qochqinni nisbatan xavfsiz hududlarga ko‘chirib o‘tkazdik", - dedi u fransuz nashrlaridan biriga bergan intervyusida.
Bangladesh rohingyalarning ko‘chishi uchun 30000 akr (14 kv km) yer ajratdi. Biroq Qalamning so‘zlariga ko‘ra, kuniga to‘rt futbol maydoniga teng o‘rmon kesib tashlanmoqda.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan yili yomg‘irlar mavsumi natijasida bu yerda 170 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 2012 yilda ko‘chki natijasida 100 dan ziyod kishi halok bo‘lgan, ikki yil avval esa kuchli yomg‘ir 50 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025