Jahon | 11:30 / 01.04.2018
8372
1 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi turmada 68 kishining halok bo‘lishiga aloqador 5 politsiyachi hibsga olindi  

Foto: EP | Mundo

Venesuelaning Karabobo shtatidagi Valensiya shahri politsiya huzuridagi vaqtinchalik saqlash markazidagi yong‘in oqibatida 68 kishi halok bo‘lishiga aloqadorlik ayblovi bilan 5 politsiyachi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Tarek Uilyam Saab ma'lum qildi.    

Markazda yong‘in 28 martda yuz bergan. Oxirgi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 66 mahbus va erlarini ko‘rgani markazga kelgan 2 ayol halok bo‘lgan. Bu yong‘in qurbonlari soni bo‘yicha Venesueladagi turmalarda oxirgi yillarda yuz bergan eng yiriklaridan biri bo‘ldi. 

Hibsga olinganlar orasida markaz direktori o‘rinbosari ham bor.  

Avvalroq Venesuela hukumati prokuraturaga turmada yong‘in yuz berishi tafsilotlari tergovini o‘tkazishni topshirgan va halok bo‘lganlar yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid