Lotin Amerikasi ommaviy axborot vositalari Venesuelaning Karabobo ştatidagi mahbuslarni saqlaş markazida yuz bergan ğalayon va yonğin oqibatida 78 kişi halok bölganini ma'lum qildi.
Venesuela hukumatidan bu borada hozirça rasmiy axborot yöq, biroq bir neçta naşr, jumladan Noticias Caracol radiosi, Clarin naşri, NTN24 telekanali şunday raqamlarni keltirmoqda.
OAV ma'lumotlariga köra, halok bölganlar 10 ayol va 68 erkakdan iborat. Halok bölgan ayollar mahbuslikdagi erlarini körgani kelgan ayollar bölgan. Hammasi bölib politsiya huzuridagi markazda 100 dan köproq odam saqlangan.
Voqealar 28 mart kuni ertalab boşlangan. Guvohlarning aytişiça, bino içida kuçli otişma ovozlari eşitilgan. Söngra qora tutun paydo bölgan. Mahbuslardan biri onasining aytişiça, öğli unga qönğiroq qilib, kameralar oldida benzin tökib, ularni öldirişmoqçi bölişayotganini ma'lum qilgan. Qurbonlarning bir qismi kuyişdan, qolgani esa tutundan böğilişdan halok bölgan.
Markaz binosi politsiya tomonidan örab olingan. Jasadlar Valensiya şahri ölikxonasiga yetkazilgani aytilgan.












