O‘zbekiston | 23:28 / 05.04.2018
4754
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi siyosiy konsepsiya hujjati yangi tahrirda ishlanadi

Respublikasining Tashki siyosiy konsepsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan farmonda shunday deyiladi. 

Hujjat matnida yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 oktabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasining Tashki siyosiy konsepsiyasi (yangi tahriri) loyihasi kiritishi belgilangan. 

Mazkur konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy sheriklar o‘rtasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa sohalardagi o‘rta va uzoq muddatli manfaatlariga asoslangan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi​ asosiy hujjat hisoblanadi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid