Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar amiri Arab davlatlari ligasi sammitida ishtirok etadi
Qatar amiri shayx Tamim bin Xamal At-Taniy 15 aprel kuni Saudiya Arabistonining Daxran shahrida bo‘lib o‘tadigan Arab davlatlari ligasi (ADL) sammitida o‘z mamlakati delegatsiyasiga boshchilik qiladi. Kuvaytning "Ar-Ray" gazetasi arab diplomatiyasi manbalariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Manbada qayd etilishicha, amirlik TIV rasmiy vakili Lulva Al-Xatir Qatar inqirozi masalasi yuqori darajali uchrashuv kun tartibiga qo‘yilmasligini ta'kidlagan. Qatarlik diplomat mamlakat rasmiylari ADL bosh kotibi Ahmad Abu Al-G‘ayt tomonidan taklif qilingani va sammitga albatta kelishini tasdiqlagan edi.
Ligaga kiruvchi Saudiya Arabistoni, BAA, Baxrayn va Misr 2017 yilning iyunidan buyon Qatar bilan aloqani uzganligi tufayli uning sammitda qatnishish masalasi noaniq edi.
Bundan avval arab davlatlari yig‘ilishlari bir necha marotaba o‘zaro mojarolarga sabab bo‘lgandi. Ta'kidlash joizki, Ar-Riyod va uning ittifoqdoshlari Qatar rahbariyatini terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblashgan. Doha, o‘z o‘rnida adolatsiz qamal va davlat suverenitetiga daxl qilinishidan norozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026