Sport | 21:23 / 08.04.2018
15924
2 daqiqa o‘qiladi

Madrid derbisida durang. «Barselona» bilan oradagi farq yanada ortdi

Madridning «Real» klubi Ispaniya Primerasining 31-turida «Atletiko» bilan o‘ynadi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yinda hisob «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan 53-daqiqada, hujumdagi sherigi Garet Beylning pasidan keyin ochildi. Ammo 4 daqiqa o‘tib Antuan Grizmann hisobni tenglashtirdi. O‘yinda shu hisob o‘zgarmay qoldi.

Bu natijadan keyin «Atletiko» 68 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qolgan, «Real» 64 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Endilikda «Atletiko» chempionat yakuniga 7 tur qolganida «Barselona»dan 11 ochko ortda qolmoqda. «Real» kataloniyaliklardan 15 ochko ortda qolgan. «Valensiya» (62 ochko) bugun «Espanol»ni mag‘lub etsa, «Qirollik klubi»ni quvib o‘tishi mumkin.

Ispaniya chempionati
31-tur
Real Madrid – Atletiko 1:1
(0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 53 Ronaldu, 1:1 – 57 Grizmann.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Modrich, 72), Kroos, Asensio (Isko, 72), Vaskes, Beyl, Ronaldu (Benzema, 64).
Atletiko – Oblak, Savich, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Vitolo (Korrea, 61), Parti (Gameyro, 82), Saul, Koke, Grizmann, Diyego Kosta (Gabi, 71).
Ogohlantirishlar: Kroos (14), Vitolo (17), Parti (34), Vaskes (88), Lyuka Ernandes (89).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid