Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada xokkey jamoasi ishtirokida yuz bergan YTH qurbonlari soni oshdi
Kanadaning Saskachevan provinsiyasida «Gumbolt Bronkos» xokkey jamoasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida qurbon bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi.
CBC telekanali ma'lumotiga ko‘ra, jamoaning 25 yoshli fizioterapevti Dayana Brons olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Shifokorlar ikki marta o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotiga qaramay, qizning hayotini saqlab qola olishmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadada «Gumboldt Bronkos» xokkey jamoasi va yuk mashinasining to‘qnashib ketishi oqibatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 14 nafar xokkeychi halok bo‘lgani xabar qilingandi.