Jahon | 16:35 / 07.04.2018
10774
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadadagi YTHda 14 xokkeychi halok bo‘ldi

Foto: THE CANADIAN PRESS/Matt Smith

Kanadada «Gumboldt Bronkos» xokkey jamoasi va yuk mashinasining to‘qnashib ketishi oqibatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 14 nafar xokkeychi halok bo‘ldi. Bu haqda FoxNews xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, yana 14 o‘yinchi shifoxonada qolmoqda, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda. Avtobusda hammasi bo‘lib 28 kishi bo‘lgan.

Barcha xokkeychilar 16dan 21 yoshgacha bo‘lgan. Avtobus yo‘l olgan «Nipavin Houks» klubi bilan o‘yin bekor qilindi.

Foto: CTV News
Foto: «Gumboldt Bronkos» xokkey jamoasi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanadada xokkeychilar jamoasi bo‘lgan avtobus YTHga uchragani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid