Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va O‘zbekistonda hamkorlik uchun katta salohiyat mavjud – Valentina Matviyenko
Foto: RIA Novosti
Rossiya va O‘zbekistonda hamkorlik uchun hali amalga oshirilmagan katta salohiyat mavjud, ikki davlat endigina uni o‘zlashtira boshladilar. Bunday fikrni Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi vitse-spikeri Boriy Alixanov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Hamkorlik salohiyati va imkoniyatlari ulkan, biz ularni endi o‘zlashtira boshladik”, deb aytgan Matviyenko MDH Parlamentlararo assambleyasi davomida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. Matviyenkoning ta'kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilanishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi va prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Jumladan, Matviyenko mintaqalararo hamkorlikka ham urg‘u berishni taklif qilgan.
“Rossiya uchun O‘zbekiston muhim, vaqt bilan sinalgan strategik sherik, ishonchli ittifoqdosh hisoblanadi. Biz oxirgi ikki yil ichida o‘zaro hamkorligimiz yangi rivojlanish, yangi yo‘nalish olganidan xursandmiz”, deb aytgan Matviyenko. U O‘zbekistonning MDH Parlamentlararo assambleyasida ishi yana tiklanganidan mamnunligini aytgan.
O‘z navbatida Boriy Alixanov oxirgi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ijobiy rivojlanayotganini qayd qilib o‘tgan. Alixanov iqtisodiy hamkorlikda ham ijobiy dinamika kuzatilayotganini ta'kidlab o‘tgan va ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 2017 yil 2016 yilga nisbatan 33 foizga o‘sganini qo‘shimcha qilgan.
“O‘zbekistonning tashqi siyosiy yo‘nalishi davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan”, deb aytgan Alixanov.
Mavzuga oid
15:13
«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi
12:26
Rossiya armiyasi Zaporijjya viloyatiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi
23:00 / 28.01.2026
Qrim ko‘prigidagi portlash ishi bo‘yicha umrbod qamalganlar Tramp, Putin va Zelenskiyga murojaat qildi
20:28 / 28.01.2026