Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh samolyotlari Rossiyaning Suriyadagi bazalari yaqinida razvedka o‘tkazdi
AQShning 7 ta harbiy samolyoti Rossiyaning Hmaymim aviabazasi va Tartusdagi moddiy-texnik ta'minot bazasi joylashgan hududda razvedka o‘tkazdi. Bundan harbiy aviatsiya parvozlarining monitoringi ma'lumotlari darak bermoqda.
Gap AQSh harbiy-dengiz kuchlarining 6 ta P-8A Poseidon patrul samolyoti hamda bitta EP-3E Aries II radioelektron razvedka samolyoti haqida ketmoqda. P-8A Poseidon’lar Italiyaning Sitsiliya orolidagi Sigonella aviabazasidan, EP-3E Aries II esa Gretsiyaning Krit orolidagi bazadan havoga ko‘tarilgan.
Avvalroq AQShning CNBC telekanali vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda AQSh Suriyada zarba berish uchun mo‘ljal sifatida 8 ta obektni ko‘rayotganini ma'lum qilgandi. Mo‘ljallar ro‘yxatida ikkita harbiy aerodrom, go‘yoki kimyoviy qurol ishlab chiqarishga aloqador bo‘lgan tadqiqot markazi va korxona bor.
Oq uyda ma'lum qilinishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga zarba berish bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
Suriya atrofida keskinlik Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol qo‘llangani haqidagi xabarlar sababli avj oldi. G‘arb davlatlari hujumda Damashqni ayblamoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026