O‘zbekiston | 08:19 / 14.04.2018
9721
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga Janubiy Koreya, Dushanbega esa Shimoliy Koreya vaziri tashrif buyuradi

Kan Gyon Xva va Ri Yong Ho

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva rasmiy chorshanba, 18 aprel kuni ikkitomonlama aloqalar hamda hamkorlik masalalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, ikki davlat tashqi siyosat mahkama rahbarlari Toshkent shahrida uchrashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Xva xonim 17 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasida ham hamkasbi bilan uchrashishi bildirilmoqda.

Janubiy Koreya OAV xabarlariga ko‘ra, Kan Gyon Xva Koreya yarimorolidagi masalada janubni qo‘llab-quvvatlagan ikki davlat oliy amaldorlarini shimol ishtirokida 27 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sammitga taklif qilmoqchi. Ushbu uchrashuv AQSh-Shimoliy Koreya davlat rahbarlari uchrashuviga qadar o‘tishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, mintaqada yana bitta ahamiyatga molik uchrashuv kutilmoqda. Unda Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vaziri Ri Yong Ho qo‘shni Tojikiston Respublikasiga tashrif buyurishi e'lon qilindi. Janob Ho Xitoydan boshlagan turnesi Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon, Turkmaniston va Tojikiston bilan davom etmoqda.

Hozircha tashrifdan maqsad oshkor etilmagan. Rossiya va Xitoy Shimoliy Koreyaning ishonchlik ittifoqchilari bo‘lishidan tashqari, turne ro‘yxatida keltirilgan davlatlar boy gaz va neft zaxirasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid