Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada elektrokarlarni quvvatlasa bo‘ladigan dunyodagi ilk yo‘l ochildi
Shvetsiyada elektrokarlarni quvvatlasa bo‘ladigan dunyodagi ilk yo‘l ochildi. Stokholm aeroporti va logistika markazi o‘rtasidagi 2 kilometrlik yo‘l qismida elektromobil maxsus tok qabulqilgich bilan jihozlangan bo‘lsa, uni quvvatlab olsa bo‘ladi. Bu innovatsion transport energetik tizimi haqida The Guardian nashri xabar berdi.
Kontaktli rels asfaltga o‘rnatilgan bo‘lib, maxsus tok qabulqilgich avtomobilning orqasidan yoki tagidan chiqib, yo‘l o‘rtasidan o‘tgan relslarga tegishi kerak bo‘ladi. Elektr energiya relsning avtomobil o‘tayotgan qismlarigagina beriladi.
Ta'kidlanishicha, avtomatlashtirilgan tizim haydovchilarga xizmat uchun to‘lov haqidagi hisobni yuboradi.
Loyiha mualliflarining fikricha, u elektromobillarning aholi o‘rtasida ommalashuviga olib keladi, chunki mashina akkumulyatorlarini statsionar quvvatlash uchun vaqtni kamaytiradi. Hozircha ushbu xizmatdan qayta jihozlangan pochta yuk mashinalari foydalanmoqda.
2016 yilda Shvetsiyada elektromobillarni quvvatlash mumkin bo‘lgan yo‘l qismi ochilgandi, biroq o‘shanda kontakt relslar yuqoridan – elektr uzatish liniyalaridan o‘tgan va undan hanuzgacha faqat yuk elektrokarlari foydalanib keladi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026