Jahon | 08:41 / 18.04.2018
5088
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi yana 3 oyga cho‘zildi 

Foto: AP

Turkiya hukumati mamlakatda kiritilgan favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga cho‘zishga qaror qildi. Bu haqda 17 aprelda bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdag‘ ma'lum qildi.  

Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 3 oylik muddatga kiritilgandi. U shundan keyin 6 marta uzaytirilgan. Turkiya muxolifati, Yevropa ittifoqining bir qator yetakchilari favqulodda vaziyat tartibining uzaytirilishini tanqid qilib kelishadi, chunki bu ularning fikricha, fuqarolar huquqlari va erkinliklariga rahna soladi.

“Hukumat favqulodda vaziyat tartibini yana 3 oyga uzaytirishga qaror qildi”, deb aytgan Bo‘zdag‘ jurnalistlarga.

18 aprelda hukumat qarori Turkiya parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid