Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Pxenyanning qaroriga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirdi
Foto: Reuters /Issei Kato
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Pxenyan yadroviy va raketa sinovlarini to‘xtatayotgani haqidagi bayonotiga ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Biroq, Abe bu yangilikni ijobiy deb atagan.
«Bu qaror yadro quroli, ommaviy qirg‘in quroli va raketalarning butunlay, ishonchli va ortga qaytarilmaydigan tarzda yo‘q qilinishiga aynan qanday olib kelishi muhim», - deya aytib o‘tdi Yaponiya bosh vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tokio KXDR bo‘yicha o‘z harakatlarini Seul va Vashington bilan birgalikda muvofiqlashtirishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seul Pxenyanning yadro sinovlari bo‘yicha qarori yuzasidan bayonot bergandi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026