Jahon | 10:20 / 21.04.2018
5123
1 daqiqa o‘qiladi

Seul Pxenyanning yadro sinovlari bo‘yicha qarori yuzasidan bayonot berdi

Foto: TASS /Sergey Bobylev

Seul KXDR yetakchisi Kim Chen Inning yadroviy va raketa sinovlarini to‘xtatish haqidagi bayonotini jiddiy ijobiy o‘zgarish deb hisoblaydi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati rasmiy vakili xabar berdi, deb yozmoqda Reuters.

«Bu rejalashtirilayotgan Koreyalararo sammit va KXDR hamda AQSh o‘rtasidagi sammit oldidan juda yaxshi poydevor yaratadi», - deya aytib o‘tgan ma'muriyat vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatayotgani, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopayotgani haqida ma'lum qilgandi

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning KXDRda yadroviy va raketa sinovlarini to‘xtatish haqidagi qarorini «yaxshi yangilik» deb atadi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid