Rad etiliş - biroz ğalati tuyğu, ayniqsa, agar yoş bola bölsangiz. Men bu kunni juda yaxşi eslayman. Çingforddagi uyimiz röparasida park bölardi va har doim otam va akam bilan u yerga futbol öynagani borardik. U yerda heç qanday stadion yöq, şunçaki, ikki daraxt, çim bölsa yetarli - biz baxtlimiz, futbol öynaş mumkin. Öşa paytlarda men «Arsenal»ning bolalar jamoasida edim.
Sakkiz yoşdaman. Bir kuni otam menga «senga bir gap aytişim kerak» dedi.
- Nima böldi?
U mening yelkamdan yengil quçdi va:
- Xullas, Harri, «Arsenal» sendan voz keçdi.
Töğrisi, öşa paytda nimani his qilganim esimda yöq. Öylaşimça, bu gaplar nimani anglatişini ham yaxşi tuşunmagan bölsam ham kerak. Juda yoş edim. Ammo bu voqeaga otamning munosabati esimda va u menga özimni qanday his qilişim kerak ekanini örgatayotgandi göyo. U meni tanqid qilmadi. U «Arsenal»ni ham tanqid qilmadi. Hatto bu voqea unga unçalik ta'sir etmagandek tuyulardi.
- Xafa bölma, öğlim, biz endi köproq mehnat qilamiz, şuğullanamiz va özimizga boşqa klub topamiz, böptimi, Harri?

Öşa voqeada siz ham men rosa xafa bölganimni taxmin qilarsiz, balki. Dunyoda öğlining professional futbolçi bölişini qattiq istaydigan otalar köp, ular uçun ham bunday holat juda açinarli bölardi, menimça. Ammo, mening otam boşqaça edi, u doim menga bosim ötkazmaslikka harakat qilar, har doim pozitivligiça qolardi. Uning har qanday holatdagi doimiy pozitsiyasi şu bölardi - «kel, yana bir urinib köramiz».
«Arsenal»dan söng, men mahalliy jamoaga qaytdim, keyin esa «Uotford» skautlaridan biri meni payqab, sinovga taklif qildi. Qiziği, «Uotford»ning «Tottenhem»ga qarşi öyinida sinovdan ötdim, menga endi «Tottenhem» ham xaridor böla boşladi. Bilişimça, oq rang menga köproq yaraşsa kerak. «Tottenhem» akademiyasiga qabul qilindim.
«Arsenal»ga qarşi ilk öyinimiz esimda. Kulgili körinişi mumkin, hali sakkiz yoşdagi bolakayman, lekin har safar «Arsenal»ga qarşi maydonga tuşganimda bir fikr xayolimdan ötadi: «yaxşi, köramiz kim haq, kim nohaq». Menimça, öşa «Arsenal»dan ketiş hayotimdagi eng muhim va foydali voqea bölgan, çunki aynan şu tufayli, men doim özimda qöşimça kuç topardim.
Premer Ligada 100ta gol urişning uddasidan çiqqanimdan xursandman. Bir paytlar, ikki yil ijara şartnomalari asosida öynab yurganimda, özimga savol berardim - APLda heç bölmasa bir gol uriş nasib qilarmikin?
Ötgan yillarda men köp narsani örgandim. Tasavvur qiling, men atigi 18 yoşman. «Milluol» qöyi ligaga tuşib ketiş arafasida edi. Yeçiniş xonasida ba'zi jamoadoşlarimning sözlarini tinglar ekanman, butunlay boşqa olamga tuşib qolgandek bölardim.
«Harri, agar pastga tuşib ketsak, maoşim ikki barobar tuşib ketadi»
«Harri, jon saqlab qolmasak, mening şartnomamni bekor qilişadi»
Ular uyida oilasi, kiçik bolalari bor odamlar. Şunda men barçasiga butunlay boşqa tomondan qaraşni boşladim. Ba'zi insonlar şunçaki, töp tepiş, ğalaba qozoniş uçun sport bilan şuğullanmasliklarini payqadim. Bilasanmi, ular, ularning oilasi uçun futbol nima? Yaşaş uçun imkoniyat. Ana şunda men şunçaki, bolakay bölib qolmaslik kerakligini, bir lahza hayotni butunlay özgartirib yuborişi mumkinligini tuşuna boşlayman.
Men yomon öynamadim va öşa yili ligada qoldik. «Milloul»ning muxlislari Angliyadagi eng tentak muxlislar, buni hamma biladi. Lekin ular bilan ham yaxşi aloqalarim saqlanib qolgan.
Öşa mavsumdan keyin «Tottenhem» meni olib qolişidan umid qilgandim. Ammo yana ijarada öynaşga töğri keldi. «Lester»dagi yillarim juda qiyin ötdi. Men asosiy tarkibga kira olmas va har kuni uyda ötirib öylardim: agar «Lester» bilan Çempionşipda asosiy tarkibga kira olmasam, «Tottenhem» bilan Premer Ligada qanday öynayman?
Ilk bor menda özimga nisbatan işonç kamaygan, şubhalar qamrab olgandi. Şubha - yengiş qiyin bölgan, juda yomon tuyğu. Kunlardan bir kuni oilam mehmon bölib keldi va biz uzoq vaqt bu haqida gaplaşdik. Şu darajada tuşkun edimki, uyga qaytişni istadim va buni otamga aytdim.
- Öynaşda, mehnat qilişda davom et. Hammasi yaxşi böladi, - dedi u.

Oradan bir neça hafta ötib, yana öşa kvartiramda ötirar ekanman, internetda NFL haqidagi roliklarni körib ötirib, Tom Bredi haqidagi video e'tiborimni tortdi. New England Patriots ning eng zör futbolçilaridan biri.
Aytişlariça, Tom Bredi sinfida asosiy tarkib uçun 199-örindagi nomzod bölgan ekan. Bu meni hayron qoldirdi. Yaxşi ma'noda. Film rostdan ham menga ijobiy ta'sir qildi. Butun hayoti davomida heç kim Tomga işonmagan. Kollejga borganida ham, murabbiylar doim uning örniga nomzod axtarişar ekan. Hatto bir lavhada uning öz futbolkasini yeçayotgani körsatilgan - qomatini körgan skautlar kulgidan özlarini töxtata olmagan ekan. Qanaqa futbolçi bu, oddiy bola-ku? «Brediga qarab turib, novça, ozğin, heç qaçon tarozi körmaganga öxşaydi», deydi murabbiy ham.
Xuddi özim-ku! Men haqimda ham şunday deyişardi. «Bilasizmi, u haqiqiy hujumçiga öxşamaydi» - xuddi şunday gaplarni köp eşitganman.
Blaki işonmassiz, lekin öşa Lesterdagi kvartiramda ötirib, birdaniga özimga özim aytdim - «Men ham şunday bölaman. Mehnat qilişda davom etaman va imkon tuğilganda, albatta uşlab qolaman».
Bir neça kun ötib, sobiq jamoam «Milluol»ga qarşi maydonga tuşdik. Burçak töpi tepilayotganda, raqibning yirik gavdali himoyaçilaridan biri meni qörqitişni boşladi.
- Oy, Harri?
- Ha?
- Men hali sariq kartoçka olmadim.
- Nima böpti?
- Bu yaxşi, men öşa sariqni senga qarşi olmoqçiman.
Töp yuqorilatib oşirildi. Ikkimiz ham töp uçun sakradik. Qöyi ligalarda bunday vaziyatlarda tirsaklar işga tuşişi odatiy hol. Havoda tirsagim bilan qovurğasiga urdim va u yiqilib tuşdi. Buning ustiga, uni bosib ham oldim şekilli. Men hatto uzr ham söramadim, indamay, ustidan xatlab ötib yugurib ketdim. Bu mening, unga va boşqalarga, butun dunyoga nimanidir isbotlaşga bölgan ilk harakatlarim edi - endi meni heç kim mazax qilolmaydi!
Kelasi mavsumda yana «Tottenhem»ga qaytdim va Andre Villaş-Boaş bilan uçraşdim. U meni yana ijaraga berib yubormoqçi edi. Yaxşi yaxşi klublar men bilan qiziqa boşlaşgandi, lekin mening ertagim bu emasdi. Men faqat «Tottenhem» safida Premer Ligada öynamoqçi edim. Şuning uçun murabbiyga heç qayerga ketmoqçi emasligimni aytdim. U biroz hayron bölib menga qarab turardi.
«Men sizga şu yerda öynay olişimni isbotlamoqçiman. Siz menga har juma kuni, öyin oldidan bunga loyiq emasligimni aytişingiz mumkin, bu tabiiy. Lekin ketişni istamayman».
U menga jamoada qolişga imkon berdi va bu mening faoliyatimdagi buriliş nuqta böldi. Men özimda qobiliyat borligini bilardim, lekin özim uçun turib berişim ham kerakligini his qilgandim. Bir paytlar juda uzoq tuyulgan bolalikdagi orzuimga juda yaqin turar, ana endi beriladigan imkoniyatdan foydalaniş qolgandi xolos.
Maşğulotlarda olov edim, lekin hali ham imkoniyat berilmagandi. Qişda Boaş iste'foga çiqdi va Tim Şervud barça mas'uliyatni zimmasiga olib, menga işonç bildirdi. Dastlabki uç öyinda uçta gol urdim. Ajoyib hissiyotlar, ayniqsa «Uart Hart Leyn»da ilk golimni urganim heç esimdan çiqmaydi.
Lekin bilasizmi, meni Harri Keyn qilgan omil öşa birinçi golimdan yuzinçisigaça bölgan öyinlar emas, aynan öşa birinçi golni urgan kunimgaça bölgan paytlar, deb öylayman. Mening şakllanişimda öşa davr asosiy poydevorni qöygandi.
Maurisio Poçettino kelgaç, hammasi özgarib ketdi. Faqat men emas, butun klub uçun. Heç qaysi murabbiy mening faoliyatimga Maurisioçalik ijobiy ta'sir ötkazmagan. U jamoaga öz falsafasini olib keldi va eng muhimi, bir-biriga juda yaqin bölgan jamoani tuzdi. U özi ham ajoyib futbolçi bölgan, lekin bu haqida heç qaçon gapirmaydi. U murabbiy sifatida faqat bizni öylaydi, bizni gaplaşadi va bizga yordam berişni istaydi. Yulduz futbolçi böladimi, asosiy tarkibga kirişga intilayotgan yoş futbolçimi farqi yöq. Agar siz mehnat qilişni istamasangiz, dangasa bölsangiz, u juda qattiqqöl - maydonga tuşmaysiz, hatto gaplaşiş uçun yoniga borsangiz, xonasi siz uçun berk. Lekin bor imkoniyatni işga solayotgan bölsangiz, u butun vaqtini sizga sarflaşga tayyor.

Faoliyatimdagi eng yorqin damlardan biri - avvalgi mavsumlardan birida, het-trik qayd etgan kunim, Maurisio öyindan keyin xonasiga çaqirdi. Öşa paytlarda biz yaqin edik, lekin u darajada emas. Nega çaqirganligini taxmin ham qila olmasdim. Qarasam, qölida bir bokal qimmatbaho vinoni uşlab kulib ötiribdi. Qöli bilan meni çaqirdi va «kel, bir mazasini köramiz» dedi.
U fantastik inson, fantastik murabbiy, degan öy keçdi xayolimdan. Men uni inson sifatida ham, futboldan taşqaridagi döst sifatida ham juda hurmat qilaman. Jamoamiz şunaqa ahil va jips ekanining asosiy sababi ham uning mana şunday ajoyib inson ekanida deb öylayman.
Yana dastlabki mavzuga qaytsam, öşa rad etiliş hayotimdagi eng yaxşi voqea bölgani aniq. Şimoliy London derbisi oldidan butsalarim ipini boğlar ekanman, har doim öşa sakkiz yoşli bolakay qiyofasiga kiraman, aynan öşa tuyğularni boşdan keçiraman: «köramiz, kim haq, kim nohaq!».
Işonasizmi, yöqmi, hali ham öşa fikrlar aylanadi miyamda. Har öyin oldidan özimça qanday gol urişimni, darvozaning qaysi burçagiga tepayotganimni köz oldimdan ötkazişga harakat qilaman. Qarşimda qizil libosdagi «Arsenal» himoyaçilarini tasavvur qila boşlaganimdayoq etim junjikib ketadi.
Aslida gap faqat «Arsenal»da emas, buni tuşungandirsiz... Gap özimga va oilamga qölimdan nimalar kelişini isbotlaganim, har qadamimda menga işongan oilamga pand bermaganim haqida. Gap öşa «Milliuol», «Norij» yoki «Lester» haqida... Ana endi, bugungi darajaga yetganimda, bir neça insonlarga minnatdorçilik bildiriş fursati yetdi, deb öylayman.
Hammasi yomon va mavhum paytlarda ham men bilan u yerdan bu yerga köçib yurgan rafiqam Keytga...
Öşa «Arsenal» mendan voz keçgan paytda yelkamdan quçgani va Lesterdagi kvartiramda menga aytgan sözlari uçun otamga...
Meni kutişga sarflagan çeksiz soatlari uçun onamga...
Akam Çarliga, yoşligimda doimo uni aldab ötişimga «izn berib», özimni Teddi Şeringem his qilgan minglab soatlarim uçun...
Men va menga öxşagan yigitlarga işonç tuyğusi bergan, öziga işonişni örgatgan Tom Brediga...
Tarkibga kira olmagan paytlarimda ham maşğulotlardan keyin oldimga kelib, «sen asosiy tarkibda öynay olasan» deb dalda bergan jamoadoşlarimga... Öşa paytlar ular men uçun dunyolarni bergandek edilar...
Meni öz hujumçisi deb tanlagan Maurisio Poçettinoga...
Albatta, «Tottenhem»ning barça muxlislariga... Men bolaligimdan «Tottenhem»da öynaşni orzu qilganman. Uzoq yillar meni harakatga undagan narsa - közimni yumganimda «Arsenal»ga gol urayotganimni tasavvur qilişim edi, hozir ham bu özgarmagan. Lekin endi menga motivatsiya beradigan tuyğu özgargan, endi u kattaroq. Endi men közimni yumganimda, «Tottenhem» libosida Premer Liga sovrinini qölimda kötarayotganimni köraman. Öz stadionimizda. şu jamoadoşlarim bilan. Men keyingi 100 golimni şu hisga almaşgan bölardim. Sönggi yillarda biz bunga juda yaqin keldik, lekin hali töxtab qolmaslik kerak. Javobim endi biroz zerikarli tuyular, şunday bölsa ham, otamning öşa ögitlarini yana qaytaraman:
«Biz mehnat qilişda davom etişimiz kerak. Yigitlar!»
Harri Keyn
ThePlayersTribune












