Jahon | 11:51 / 23.04.2018
6904
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh harbiy mashqlarni boshladi

Foto: Andre T. Richard/U.S. Navy/Reuters

Janubiy Koreya va AQSh Key Resolve har yillik harbiy mashqlarni boshladi, ular ikki hafta davom etadi. Bu haqda «Ryonxap» harbiy manbaga asosan xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, ikki mamlakat harbiy mahkamasi bu mashqlar haqida hozircha rasmiy xabar bermagan.

Mashqlar Koreyalararo sammit arafasida o‘tkazilmoqda hamda bu, KXDR shunday mashqlarni Shimoliy Koreyaga qarshi urush repetitsiyasi sifatida ko‘rishiga qaramay, yuz bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashqlarni davom ettirishga qaror qilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid