Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada AQSh sanksiyalari ijrosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
Rossiya Davlat dumasi Rossiya hududida Amerika sanksiyalariga rioya etganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqadi. Bu haqda «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Andrey Isayev aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Mening fikrimcha, aksilsanksiyalar to‘g‘risidagi qonun ustida ishlayotgan vaqtimizda, Rossiya hududida Amerika sanksiyalari ijrosi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham paydo bo‘ladi», - deya aytib o‘tgan deputat.
Isayevning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy javobgarlik faqat jismoniy shaxslar uchun nazarda tutilgan bo‘ladi. Yuridik shaxslar uchun jarimalar joriy etiladi.
«AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha faoliyati, bizning nuqtai nazardan, jinoiy, shuning uchun AQSh kongressi, AQSh prezidenti tomonidan joriy etilgan hech qanday sanksiyalar Rossiya Federatsiyasi hududida, Rossiya yurisdiksiyasi doirasida amal qilmaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Isayev.
Uning ta'kidlashicha, bu qonun loyihasi bahorgi sessiyaga qabul qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan sanksiya siyosatini davom ettirishi xabar berilgandi.