Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya o‘z chegaralari yaqinida AQSh biologik laboratoriyalari paydo bo‘lganidan tashvishda
Rossiya TIV Rossiya chegaralari yaqinida Amerika tibbiy-biologik laboratoriyalari joylashtirilganidan tashvishda ekanini ma'lum qildi. Bu haqda idora saytidagi bayonotda aytiladi.
«Biz Pentagonning o‘z tibbiy-biologik laboratoriyalarini dunyoning turli tumanlarida joylashtirish bo‘yicha faoliyatidan juda tashvishdamiz. Ular Rossiya chegaralariga yaqin yerda ham joylashtirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Tbilisi yaqinidagi «Lugar nomidagi umumiy sog‘liqni saqlash tadqiqot markazi» bunga misol – bu yuqori darajadagi biologik izolyatsiyaga ega laboratoriya», - deyiladi Rossiya TIV bayonotida. U AQSh Davlat departamentining qurollar, tarqatmaslik va qurolsizlanish ustidan nazorat sohasidagi kelishuvlar hamda majburiyatlarga rioya etish to‘g‘risidagi hisobotini baholashga bag‘ishlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV AQSh Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha konvensiya doirasidagi (KQTK) majburiyatlarni bajarmayotgani va Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotni (KQTT) boshqa davlatlar hududida o‘z kimyoviy quroli bor ekani haqida xabardor etmayotgani haqida bayonot bergandi.
Mavzuga oid
14:37
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
08:55 / 29.06.2026