Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Suriya bo‘yicha «kichik guruh» ishi haqida gapirdi
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'lum qilishicha, «davlatlar kichik guruhi» ishi Suriyadagi harbiy mojaroni to‘xtatish bo‘yicha Ostona va Jyeneva jarayonlarini yaqinlashtirishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Yangi kichik guruh Ostona va Jyeneva o‘rtasida ko‘prik yaratishi mumkin. Bu mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish hamda Rossiya va Turkiya bilan aloqa kanallarini ochish uchun kerak bo‘ladi», - deya aytib o‘tdi Makron Vashingtondagi matbuot anjumani davomida.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, «kichik guruh» maslahatlashuvlari so‘nggi bir necha haftadan beri davom etyapti. Uning tarkibidan AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni joy olgan. Shuningdek uning ta'kidlashicha, bu davlatlar Turkiya va Germaniya bilan muvofiqlashgan holda ishlamoqda.
«Biz munozaralarni BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a'zolari va mintaqadagi bizning ittifoqchilar bilan o‘tkazishni xohlaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Makron.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Rossiya va Eronni Suriyaga bosim o‘tkazishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026
Suriya armiyasi kurdlar nazoratidagi hududga kirdi
18:35 / 12.01.2026