Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mogerini Rossiya va Eronni Suriyaga bosim o‘tkazishga chaqirdi
Foto: Reuters
Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining ma'lum qilishicha, Yevroittifoq fikricha, Rossiya va Eron Suriya hukumatiga bosim o‘tkazishi kerak. Bu Damashq BMT shafeligida muzokaralar stoliga o‘tirishi uchun lozim, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Bizga Rossiya va Eron Damashqqa bosim o‘tkazishi, shu orqali uning muzokaralar stoliga o‘tirishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Mogerini.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 davlatlari Rossiyaning Suriya va Ukrainadagi harakatlarini keskin qoralagandi. «G7 TIV rahbarlari tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha umumiy tashvishga sabab bo‘layotgan holatlarni, jumladan Suriya, Ukraina hamda KXDRni muhokama etishdi. Vazirlar xalqaro tartibga bo‘lgan umumiy chaqiriqlar haqida so‘z yuritib, Rossiyaning beqarorlashtiruvchi xatti-harakati mavzusini ko‘tarishdi. Jumladan, Rossiyaning Suriya, Ukraina va boshqa qo‘shni mamlakatlardagi qabul qilib bo‘lmas harakatlari muhokama qilindi», - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
20:41
AQSh muzokaralarni qaytadan boshlash uchun Eronga beshta shart qo‘ydi - OAV
20:00
Hujum qilmaslik pakti: Saudiya yangi tartibni taklif qilmoqda
12:53
Rossiya bo‘ylab ommaviy dronlar hujumi: Moskvada 3 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 16.05.2026